Saudiya Arabistonida olti nafar eronlik qatl qilindi

Olam

image

Saudiya Arabistoniga giyohvand moddalarni olib kirishga urinishda ayblangan olti nafar Eron fuqarosi qatl etildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

“Eron fuqarolari Qosim Muhammad Shaboni, Abdurrez Yunus Tenkasiri, Xalil Shahid Samri, Muhammad Javod Abduljalil, Mehdi Kenan G‘animi va Hur Muhammad Shaboni noqonuniy ravishda podshohlikka narkotiklar olib kirishga uringan”, deyiladi mamlakat Ichki ishlar vazirligining rasmiy xabarida.

Ta’kidlanishicha, ayblanuvchilar qo‘lga olingan, sudlangan va o‘lim jazosiga hukm etilgan. Saudiya Arabistoni hukumatining ko‘rsatmasiga binoan hukm ijro etilgan.

O‘z navbatida, Eron Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchisi Saud Al-Anaziga norozilik bildirgan. IRNA agentligiga ko‘ra, eronlik mahbuslar qatl etilganidan keyin Saudiya elchisi Eron TIVga chaqirilib, unga norozilik notasi topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida 2024 yilda jami qatl etilganlar soni 198 taga yetgani ma’lum qilingandi. 2023 yili Saudiya Arabistonida 170 kishi qatl etilgan, 2022 yilda esa 196 nafar o‘lim jazosi ijro etilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida terrorizmda ayblanib, 32 kishi, narkotik moddalar bilan bog‘liq ayblovlar bilan yana 52 kishi qatl etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni eronlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing