Juftlik 65 yil birga yashab bir kunda koronavirusdan vafot etdi
Olam
−
30 mart 2020
17628Chikagoda keksa juftlik koronavirus sabab vafot etdi. Ular 65 yil birga umr kechirib, bir kunda bu dunyoni tark etishdi.
"Mening bobom va buvim COVID-19 sabab bir kunda vafot etdi. Yaqinlaringizni asrang", deb yozdi marhumlarning nabirasi Tvitterda.
Ma’lum bo‘lishicha, ular 65 yillik umr davomida 6 farzand va 18 nabira ko‘rishgan.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 177 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 746 178 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 35 347 nafari vafot etgan, 157 098 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 553 733 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 525 218 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 28 515 nafarining ahvoli og‘ir.
LiveBarchasi