Saudiya Arabistoni Umra uchun arizalarni qabul qilishni boshladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistoni bugun, 14 iyul kunidan boshlab Umra ziyoratiga viza arizalarini qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi xabar berdi. 

Makkada Umra qilish va Madinadagi Payg‘ambar (Muhammad s.a.v.) masjidini ziyorat qilish uchun barcha xorijiy davlatlardan ariza topshirish mumkin. 

Saudiya Arabistoni va undan tashqarida ziyoratchilar uchun Umra 2022 yil 30 iyulda boshlanadi. 

Saudiya Arabistonidan Umraga borishni xohlovchilar onlayn ariza topshirishlari mumkin. 

Ma’lumot uchun, Qirollik COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-2021 yillarda xorijdan ziyoratchilarni qabul qilmadi. 

Avvalroq mamlakat rasmiylari bu yil Saudiya Arabistoni va xorijdan jami bir million ziyoratchi ziyorat mavsumida qabul qilinishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda 12 ming o‘zbekistonlik muqaddas Haj amallarini, oxirgi 6 oyda 40 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi umra ziyoratini ado etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Umra

Baholaganlar

203

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing