Saudiya Arabistoni Ukraina bo‘yicha Rossiyasiz muzokara o‘tkazmoqchi – WSJ
Olam
−
30 iyul 2023
11694Saudiya Arabistoni Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish uchun avgust oyida muzokaralar tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu muzokaralarga G‘arb davlatlari, Ukraina, shuningdek, Hindiston va Braziliya kabi bir qancha yirik rivojlangan mamlakatlar vakillari taklif qilinadi. Shuningdek, ushbu yig‘inda Indoneziya, Misr, Meksika, Chili va Zambiya kabi 30 davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Rossiya esa taklif etilmagan.
Muzokaralar Jiddada 5 va 6-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin. Ular Ukrainaning tinchlik talablarini xalqaro qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuvlar uchun poydevor qo‘yishga qaratilgan. Rossiya taklif etilmaydigan Kiyev va uning g‘arbiy hamkorlari o‘rtasidagi suhbatda Ukraina foydasiga tinchlik shartlari qo‘llab-quvvatlanishi mumkin.
U yerda davlat rahbarlari mojaroga barham berish tamoyillarini belgilovchi hujjatni imzolashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakatda davom etayotgan urush 2024 yilning yozida tugashi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi