Saudiya Arabistoni soxta Haj kompaniyalaridan ogohlantirdi 

Olam

image

Saudiya Arabistoni Haj ziyoratini ado etish niyatida bo‘lganlarni turli mamlakatlardagi ijtimoiy media platformalarida reklama qilingan uydirma kompaniyalar qurboni bo‘lish xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda kecha, 26 aprel kuni podshohlikning Haj va Umra vazirligi bayonot berdi.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, mamlakatga Haj farzlarini ado etish uchun kelish faqat Saudiya Arabistonining tegishli idoralari tomonidan berilgan Haj vizasi, boshqa davlatlar bilan kelishilgan holda o‘zlarining tegishli idoralari orqali yoki bunday idoralari bo‘lmaganlar uchun “Nusuk” platformasi orqali mumkin bo‘ladi.

Vazirlik mavjud bo‘lmagan kompaniya va aksiyalar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Haj safarlarini jozibador narxlarda tashkil etishni da’vo qiluvchi soxta akkauntlar aniqlanganini ma’lum qilgan va ular bilan ishlashda ehtiyot bo‘lishni tavsiya etgan.

Ta’kidlanishicha, Hajga ruxsat berish tizimiga rioya qilish islom qonunlaridan kelib chiqqan bo‘lib, u ibodatni osonlashtirish va dindorlarning qiyinchiliklarini olib tashlashni maqsad qiladi. Bu muvofiqlik ziyoratchilar sonining tashkil etilishini ta’minlaydi, marosimni tinch va xavfsiz tarzda o‘tkazishga imkon beradi. Bu islom huquqshunosligi tomonidan tasdiqlangan qonuniy maqsaddir.

Vazirlik ruxsatnoma olishga rioya qilish diniy manfaatlarga mos kelishini ta’kidladi, chunki hukumat organlari mavsumning xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, turarjoy, oziq-ovqat va boshqa xizmatlarni ruxsat etilgan raqamlar asosida rejalashtiradi. Ushbu muvofiqlashtirish ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlaydi, odamlarning haddan tashqari ko‘pligi va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan tiqilinchlar kabi ehtimoliy zararlarning oldini oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni ziyoratchilar va aholini 2024 yilgi Haj mavsumida zarur ruxsatnomalarsiz qatnashishdan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj Saudiya Arabiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing