Saudiya Arabistoni Xitoydan 4 milliard dollarlik qurol olmoqchi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Xitoydan to‘rt millard dollarlik qurol-yarog‘ sotib olish bo‘yicha bitim tuzgan. Bu haqda Xitoy ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

Saudiya Arabistoni qirolligi Pekindan 300 dona CH4 droni, TB001 dronlarini yig‘ish liniyasi, kemaga qarshi YJ-21 gipertovushli raketalari va dronlarni tutib qoluvchi Silent Hunter lazerli tizimini oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Saudiya asosiy qurol-yarog‘ni Amerika Qo‘shma Shtatlaridan xarid qiladi. Endilikda mamlakat qurol bo‘yicha AQSHga qaramlikdan qutilishga harakat qilmoqda.

Xitoy Saudiya Arabistoni va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi ziddiyatda betaraf pozitsiyasini saqlab kelmoqda. Saudiya bilan qurol bo‘yicha kelishuvi Xitoyning betaraf pozitsiyasi o‘zgarganini anglatishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Eron Islom Respublikasi

Baholaganlar

174

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing