Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari shay holatga keltirildi
Olam
−
01 noyabr 2023
24325Yamandagi “Ansor Alloh” (husiylar) harakati bilan to‘qnashuvdan so‘ng Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari yuqori shay holatga keltirildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bunday buyruq qirollik qurolli kuchlarining barcha bo‘linmalariga husiylar bir necha hafta oldin Saudiya Arabistoniga raketa hujumini amalga oshirishga uringanidan keyin berilgan. Biroq raketa havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib olindi. Harbiy shaylikning yana bir sababi Yaman bilan chegaradagi Jizan viloyatida husiylar bilan to‘qnashuvlar oqibatida Saudiya Arabistonining to‘rt nafar askarining o‘limi bo‘ldi.
To‘qnashuvlar husiylar 19 oktyabr kuni Isroil tomon qanotli raketalar va uchuvchisiz samolyotlar otganidan keyin boshlangan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar Qizil dengizda AQSH esminetsi tomonidan tutib olingan.
Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon Ol Saud 30 oktyabr kuni Vashingtonda Bayden ma’muriyatining yuqori martabali vakillari bilan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush oqibatlari, shuningdek, Yamandagi vaziyatni muhokama qilgan.
Ma’lumot uchun, Yamanda hukumat kuchlari va “Ansor Alloh” tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuv 2014 yil avgustidan beri davom etmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning 2015 yil mart oyida mamlakatga bostirib kirishi ortidan keskinlik avj oldi. 2022 yil aprelida mojaro tomonlari erishgan sulh 2 oktyabrda tugadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 oktyabr kuni Yamandagi husiylar harakati Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi