Saudiya Arabistoni dunyodagi eng katta inshootni kub shaklida qurmoqchi

Bu qiziq

image

Saudiya Arabistoni balandligi 400 metr bo‘lgan kub shaklidagi osmono‘par bino qurish loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “The B1M” sayti xabar berdi.

Unga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Ar-Piyodda 20 ta “Empire State” (AQSH) binosini sig‘dira oladigan darajada katta, balandligi 400 metr bo‘lgan, kub shaklidagi osmono‘par binoni qurishni rejalashtirgan. “Mukaab” deya nom berilgan mazkur inshootning umumiy maydoni 25 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, bu hududda 104 mingta turar-joy hamda 9 mingta xonadan iborat bo‘lgan bir nechta mehmonxonani qurish loyihada ko‘rsatilgan.

Shuningdek, inshootda muzey, teatr, universitet, ofis hamda saksondan ortiq savdo-ko‘ngilochar markazlarining bo‘lishi rejalashtirilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inshoot foydalanishga topshirilsa, 3 mingdan ko‘proq bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘ladi va natijada yiliga o‘rtacha 48 mlrd AQSH dollari hisobida foyda olib keladi.

Inshoot Saudiya Arabistonining zamonaviy hamda milliy me’moriy uslublaridan ilhomlangan holda loyihalashtirilgan bo‘lib, qurib bitkazilganidan so‘ng dunyodagi eng katta inshoot bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari u yerdagi eng so‘nggi gologramma va raqamli-virtual texnologiyalar tomonidan yaratilgan harakatdagi robotlar bir qancha servis xizmatlarni bajaradi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saudiya Arabistoni Ar-Piyod eng katta inshoot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing