Toshkent va toshkentliklar anomal sovuqqa dosh bera olyaptimi? (fotoreportaj)

Jamiyat

image

O‘zbekistonga kirib kelgan anomal sovuq tufayli 10 yanvar kuni poytaxt oq rangga burkandi. Kuchli yog‘gan qor yo‘llarda transport harakatini yetarlicha cheklab qo‘ydi. 

Anomal sovuq kirib kelishidan avval Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Rustam Yusupovdan qorli kunlarga tayorgarliklar bo‘yicha QALAMPIR.UZ ma’lumot olgan edi.

Mas’ul boshqarma tizimidagi korxonalar tomonidan qorli kunlar uchun jami 183 ta texnika – 53 ta qum sepuvchi, 50 dan ortiq qor tozalovchi mashina hamda samosval tayyorlangani haqida ma’lum qilgan edi.

“Biz qishga to‘liq tayyormiz. Bu mavsumni talafotsiz o‘tkazib olamiz”, degan edi mas’ul. 

Nihoyat, “g‘alvirni suvdan ko‘tarish” vaqti keldi. Poytaxt anomal sovuqqa qay darajada tayyor. QALAMPIR.UZ ushbu savolga fotoreportaj orqali javob berishga urindi.

Suratlar va bizga yetib kelayotgan e’tirozlardan ko‘rinib turibdiki, mas’ullar anomal sovuq va kuchli yog‘ingarchilikka yetarli darajada choralar ko‘rmagan. Yo‘llarda harakatlanish tushgacha og‘ir edi. Tushdan keyingi soatlarda esa yaxlamalar yuzaga kelib, avtomobillar tugul, piyoda harakatlanishi ham yanada qiyinlashdi.

 

Akobir Misiraliyev

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

fotoreportaj anomal sovuq toshkentliklar yaxlamalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing