O‘zbekiston Prezidentini qutlayotgan Seul (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Bugun, 13 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birgalikda rasmiy davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahriga bordi. U yerda davlat rahbarini Janubiy Koreya rasmiylari tantanali kutib oldi.

Xususan, Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlarining Seuldagi aviabazasida oliy martabali mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortgan, artilleriya to‘plaridan salyut berildi.

Shu bilan birga, davlat rahbari hozir bo‘lib turgan Seul shahri ham O‘zbekiston prezidentini go‘zal tarzda kutib olgandek ko‘rinishga kirdi.

Jumladan, shaharning markazida joylashgan favvorali monumentida O‘zbekiston ramzlari aks etdi.

Shuningdek, butun Seul shahrida joylashgan mamlakat teleminorasi ham O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

Bundan tashqari, tungi shahar ko‘chalarida ikki mamlakat bayroqlarining yo‘llar bo‘ylab ilinganini ham O‘zbekiston xalqi va rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan davlat rahbariga nisbatan chuqur hurmat belgisi deyish mumkin.

Ma’lumot uchun, uch kunlik tashrif doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, davlat rahbari O‘zbekiston – Koreya biznes forumining ochilishida nutq so‘zlaydi. Shuningdek, 16 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Seul shahriga borgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar kutib olgan hamda davlat rahbari o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqqandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing