Husanovning zaxirada qolishi fojia emas

Intervyu

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi o‘zbek futboli darajasini yanada ko‘tarib yubordi. O‘zbekistonlik himoyachilar Jahon futbol ommasi nazariga tusha boshladi. Abbosbek Fayzullayev ham Yevropaning grand klublari nishonida. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham Jahon chempionati saralash bosqichida ijobiy natijalar qayd etib, mundialga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Yuqoridagi mavzular yuzasidan QALAMPIR.UZ o‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan himoyachilardan biri Akmal Shorahmedov bilan intervyu tashkil etdi. 

Intervyu davomida Akmal Shorahmedov Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindagi avtogoli va o‘sha o‘yindan keyingi tanqidlardan qanday xulosalar chiqargani haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Futbol ichidagi  odamlarda bu oddiy holat hisoblanadi. O‘sha vaqtda bu gol nega keng mavzuga aylanib ketdi? Sababi keyingi o‘yinda Janubiy Koreya Eronga mag‘lub bo‘ldi. Shuning uchun hamma aybni o‘sha golga ag‘darib qo‘yishdi. Futbolchi har bir vaziyatdan chiqib ketishi kerak. Men ham bu holatni yengib o‘tdim va hech kim bilan yoqalashmadim”, deydi Shorahmedov.

Shuningdek, Akmal Shorahmedov futbolchilik faoliyati davomida chet el klublaridan kelgan takliflar va nima sababdan faqat o‘zbek klublarida o‘ynagani haqida ham gapirdi.

“Oilaviy sabablar va o‘zim ham O‘zbekistonda o‘ynashni afzal ko‘rganman. Ayniqsa, qanot himoyachilari kamdan kam holatlarda transfer qilinadi. Markaziy himoyachilar, yarim himoyachilar, hujumchilar tezda skautlar nazariga tushadi. Ko‘pincha, xorij klublari o‘z akademiyasidan chiqqan futbolchilarni qanot himoyasida o‘ynatadi. Bir so‘z bilan aytganda, qanot himoyachilarga nisbatdan ehtiyoj deyarli yo‘q”, deydi sobiq futbolchi.

Akmal Shorahmedov QALAMPIR.UZ bilan intervyu davomida yana hozirgi kundagi Jahon chempionati uchun Osiyo mintaqasi uchun ajratilgan kvotalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

To‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanalida tomosha qiling!


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Husanov Akmal Shorahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing