“Sariq kasal”. Maktablar yopiladimi?

3-sahifa

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 214- hamda 65- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar orasida virusli gepatit A – "sariq kasal"ga chalinish holati aniqlandi.  Maktab o‘quvchilari orasida bu kabi virusli kasalliklar tarqalishini oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilayapti yohud endi maktablar yopiladimi?  QALAMPIR.UZ shu kabi savollarga javob topish maqsadida Sanepidqo‘mitaga keldi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Hikmatovaning ma’lum qilishicha, gepatit A kasalligi aynan shu maktablarda yil boshidan beri uchinchi holatda qayd etilgan. 

"Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu bir inkubatsion davrda emas, har xil inkubatsion davrlarda har xil sinflarda aniqlangan”, deydi u.

Gepatit A bilan kasallangan o‘quvchilarning ahvoli qandayligi va ular qay tartibda muolaja olayotganliklari haqida mutaxassis quyidagicha javob berdi:

 “Kasallangan o‘quvchilarni hozirgi kunda ahvoli qoniqarli, ularga infeksionist tomonidan maxsus muolajalar belgilangan. Hozirda kasallikni oldini olish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kechiktirilib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda va maktablarda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish uchun kerakli ko‘rsatmalar berilmoqda”, deydi Dilfuza Hikmatova.

Shuningdek, mutaxassis bunday holatda maktablar karantingga yopilmasligi, faqatgina bitta sinfda virusli kasalliklar uch nafardan ko‘p o‘quvchida qayd etilsa, o‘sha sinfda darslar onlayn shaklga ko‘chirilishi mumkinligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, gepatit A keng targalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanib, fekal-oral usulda yuqadi. Inkubatsion muddati o‘rtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat holatda isitma, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, sariqlik va qorinda og‘riq bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida o‘z-o‘zidan tuzalib ketadi. Shu xususiyati bilan u gepatit B va Cdan ajralib turadi.

Gulirano Jo‘raqulova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent gepatit A Sariq kasal Maktablar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing