“Sariq nimchalilar” Eyfelga olib boruvchi ko‘prikni to‘sib qo‘ydi

Olam

image

Fransiyada bir necha oydan beri davom etib kelayotgan “sariq nimchalilar” aksiyalari bu safar Parijdagi Yena ko‘prigida aksiya o‘tkazyapti. Namoyishchilar Sena daryosi ustida qurilgan va Eyfel minorasiga olib boruvchi ko‘prikni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Namoyishchilarning ikki guruhi ko‘prikka kirish qismida asfaltga o‘tirib olib, avtomobillar harakatini to‘xtatgan. Aksiya ishtirokchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, namoyish iqlim to‘g‘risidagi Parij kelishuvi bajarilmayotgani sababli o‘tkazilyapti.

Namoyishchilar “Ijtimoiy va iqlimiy adolat uchun” deb yozilgan bannerlarni ko‘tarib olgan. Politsiya avvaldan ogohlantirilmaganiga qaramay, namoyishning o‘tkazilishiga qarshilik ko‘rsatmayapti.

Ma’lumot uchun, Fransiyaning Parij, Strasburg, Lill va boshqa shaharlarida 17 haftadirki shanba kuni norozilik namoyishlari o‘tkazilyapti. Poytaxtda tartibni saqlashga politsiya va jandarmning 20 ta bo‘linmasi jalb qilingan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rezidensiyasi Yelisey saroyi va Bosh vazir Eduar Filipp qarorgohi Matinon saroyida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya sariq nimchalilar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing