Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.

Sardor Umurzoqov 1977 yil 23 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

2007 yilda Umurzoqov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.

2019 yil 28 yanvarda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan beri Prezident Administratsiyasi raisi lavozimida Zaynilobiddin Nizomiddinov faoliyat yuritib kelayotgandi. U joriy yilning 8 iyul kuni salomatligi sabab mazkur lavozimdan ozod etildi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

781

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing