Sardor Azmun Eron terma jamoasidan haydaldi – OAV

Sport

image

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) Sardor Azmunning harakatlaridan norozi bo‘lgani sabab Eron terma jamoasi hujumchisi terma jamoadan chetlashtirildi. Bu haqda “Iranintl” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Azmun Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilari – Muhammad bin Rashid Ol Maktum va Muhammad bin Zayd ol-Nahayon bilan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilganidan so‘ng tanqid ostida qolgan. Futbolchi ushbu suratlarga: “Dunyodagi eng muvaffaqiyatli insonlardan biri bilan uchrashish men uchun sharaf”, deya izoh qoldirgan.

Shundan so‘ng unga nisbatan jinoiy javobgarlik qo‘llanishi va mol-mulki musodara qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirilgani aytilmoqda. Ayrim manbalarda bu tashrif “Eron dushmanlari bilan hamkorlik” sifatida baholanib, futbolchiga nisbatan sud ishi qo‘zg‘atish taklif qilingani ham qayd etilgan. 

Shuningdek, uning mintaqadagi AQSH va Isroil bilan bog‘liq voqealar yuzasidan sukut saqlagani ham tanqid qilingan.

Sardor Azmun hozirda Eron terma jamoasining yetakchilaridan biri hisoblanadi. U 55 ta gol bilan terma jamoa tarixidagi eng yaxshi uch nafar to‘purar qatoriga kiradi.

Ma’lumot uchun, Azmun Yevropadagi faoliyati davomida “Zenit”, “Bayer”, “Roma” kabi klublarda to‘p surgan va Chempionlar ligasida ham gollar urgan. U 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Eron terma jamoasi safida 10 ta gol muallifiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron futbol federatsiyasi FIFA bilan 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Sardor Azmun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing