Sardobaliklarning noroziligi aks etgan videoga munosabat bildirildi
Jamiyat
−
12 iyun 2020
17790Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 28 xonadon fuqarolar norozichiligi namoyish etilgan video lavha tarqaldi. Sardoba tumani hokimligi mazkur videoga munosabat bildirdi.
Unda qayd etilishicha, ushbu fuqarolar xonadonlari maxsus komissiya qarori bilan yaroqsiz deb topilgan. Xonadon egalariga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, maishiy texnikalar uchun sertifikatlar topshirilgan.
“Hozirda tuman hokimligi tomonidan buzish ishlari to‘xtatilib, ushbu vaziyat yuzasidan maxsus komissiya va viloyat hokimligiga ma’lumot kiritilgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida suv toshib, yaqin atrofdagi fuqarolarning uylari, chorva mollari hamda hosillariga zarar yetdi. Ayni paytda uylarda ta’mirlash ishlari olib borilib, aholi yashashi uchun hozirlanmoqda. Shuningdek, tumanda yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi boshlab yuborilgan.
LiveBarchasi