Sardobadagi suv toshqini qancha yerni hosilsiz qoldirgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Sardoba suv omborining devori buzilishi oqibatida kelib chiqqan suv toshqinida jami 16 525 gektar yeri zararlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xabar berdi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sardoba suv omboridagi fojia natijasida 108 ta fermer va qishloq xo‘jalik korxonasining jami 16 525 gektar yeri zararlangan. 9 734 gektar chigit, 6 821 gektar g‘alla, 231 gektar sabzavot ekinlari, 1 095 gektar poliz, 14 gektar kartoshka, 154 gektar bog‘ va 83 gektar bog‘ oralariga ekilgan sabzavot ekinlari suv ostida qolib, yaroqsiz holatga kelgan.

Bildirilishicha, yo‘qotilgan hosil o‘rnini qoplash va hudud aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida zarar ko‘rgan ekin maydonlarining o‘rniga boshqa tuman yerlaridan qo‘shimcha ekish uchun 3 990 gektar yer maydoni ajratilib, hozirgacha 3 244 gektar maydonga ekish ishlari amalga oshirilgan.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, joriy yil 17 aprelidan boshlab un mahsulotlarini aholi va boshqa aholi ehtiyoji uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berish bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilindi. Mazkur tartib doirasida Sirdaryo viloyatiga joriy yil aprel-may oylarida jami 5 180 tonnadan ortiq un mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berildi. Shu bilan birga, joriy yilning iyun oyida 3 077,1 tonna un yetkazib berilishi mo‘ljallanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori Ekin maydoni

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing