Sardobada suv ostida qolgan qabrlar tiklanadimi?
Jamiyat
−
16 may 2020
11409Joriy yilning 1 may kuni “Sardoba” suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini yuz berib, gidroinshoot atrofidagi aholi manzilgohlari suv ostida qoldi. Toshqindan keyin 7 ta qabriston to‘liq o‘rganilgan. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasid aytib o‘tildi.
Cho‘kkan qabrlarda odamlar skeletlari chiqmagan, 85 ta qabr tiklangan. DSENM va veterinariya xodimlari bilan birgalikda xavfli kasalliklar tarqatilishining oldini olish maqsadida 5 ta joyga nobud bo‘lgan uy hayovnlarini ko‘mish ishlari olib borilgan. Xlor sepilgan, beton qilinib, kasallik tarqamaslik choralari ko‘rilgan.
Ofat yuz bergan kun xavf signali berilishi bilan barcha choralar ko‘rila boshlangan. Shu soatning o‘zida 1331 ta shaxsiy tarkib, 3560 ga yaqin texnika, 200 ga yaqin motokomba jalb etilgan.
Suv bosgan hududlarda Mudofaa, Milliy gvardiya, Ichki ishlar bilan birgalikda 294 nafar aholi suv bosgan hududdan chiqarilgan. 9 ta dezinfeksiya guruhlari biriktirilgan.
Avvalroq, Sardobadagi toshqin oqibatlarini bartaraf qilish uchun 1,5 trln so‘m ajratilishi haqida xabar bergan edik. Toshqindan keyin 6 mingga yaqin jonivorning jasadi topilgan.
LiveBarchasi