Sardobada 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida maktabning 9-sinfida o‘quvchi bola o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bu ma’lumotni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tasdiqladi.

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa 5 fevral kuni yuz bergan. Sardoba tumani “Navro‘z” mahallasida yashagan, voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan 12-maktabning 9-sinf o‘quvchisi R.Z. (o‘g‘il bola) taxminan soat 21:00 larda yashash xonadonida, arqon bilan o‘zining bo‘yin sohasidan osib o‘z joniga qasd qilgan

Mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Sardoba tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing