Sardobada 3 harbiy oqib ketgan. Biri haligacha qidirilyapti
Jamiyat
−
08 may 2020
10252Sardoba suv omborida kelib chiqqan favqulodda hodisa natijasida kelib chiqqan suv toshqinida 3 nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan. Ularning bir nafari vafot etgan, bir nafari haligacha qidirilmoqda yana bir nafari qutqarib olingan. Bu haqda bugun, 8 may kuni Sardoba voqealariga bag‘ishlangan brifingda Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Qodirov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajarish otryadi guruh komandiri kapitan Ibragimov Sanjar Botirovich, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi 3-darajali serjant Suyarov Husniddin Zokirovich va maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi oddiy askar Suyunov Hazrat Karamatovich aholini evakuatsiya qilish tadbirlari jarayonida suv toshqinida oqib ketishgan.
Ma’lum qilinishicha, Ibragimov Sanjar Botirovich hodisa joyidan 15 km uzoqlikda sog‘ holda topilgan. Serjant Suyarovning jasadi 3 may kuni soat sakkizlarda Oqoltin tumani Ahillik qishlog‘i Kichik Bobur mahallasidan topilgan. Oddiy askar Suyunov Hazrat Karamatovichni qidirish ishlari hali o‘z natijasini bergani yo‘qligi ma’lum qilingan.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv toshqinida nafar fuqaro halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi