Sardoba suv toshqinida jabrlanganlarga qancha mablag‘ berilgani aytildi

Jamiyat

image

Sardoba suv omborining devori buzilishi oqibatida kelib chiqqan suv toshqini natijasida Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumani aholisiga moddiy yordam ajratilishi aytilgan edi. ta’kidlanishicha, 3 tuman aholisiga jami 161 milliard so‘m moddiy yordam ajratilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Boymirzayevaning qayd etishicha, Sardoba suv toshqini ofatini bartaraf etish bo‘yicha kuydagi ishlar amalga oshirildi:

– Mirzaobod tumanidagi mahallalar fuqarolari uchun 42 milliard 840 million so‘mlik sertifikatlar:

– Oqoltin tumani bir qator MFY aholisiga 50 milliard 240 million so‘mlik sertifikatlar,

– Sardoba tumanidagi zarar ko‘rgan mahalla aholisiga 67 milliard 920 million so‘mlik sertifikatlar tarqatildi.

– Yana 505 ta oilaga sertifikatlarni yetkazish ishlari olib borilmoqda.

– 68 nafar hunarmandga 200 dan ortiq shogird biriktirildi.

– Aholi bilan suhbatlar davomida uy-joy va boshqa hujjatlar bilan bog‘liq 6 343 ta hamda uy hayvonlari bilan bog‘liq 18 808 ta mavjud muammo aniqlandi.

– Mirzaobod tumanidan 246 nafar fuqaro Andijondagi "Xonobod" dam olish maskaniga, 69 nafari esa Farg‘onadagi "Nurafshon" sihatgohiga yuborildi. Ularning 106 nafari — bolalar, 209 nafari — ayollar.

– 94 nafar bola Andijon viloyatidagi "Avtomobillar" bolalar oromgohiga jo‘natildi.

– 40 million so‘m pul mablag‘larini yetkazish uchun 3 894 nafar fuqaro ro‘yxati shakllantirilgan edi. Murojaatlar asosida yana 1 193 nafar fuqaroning moddiy yordam uchun ro‘yxati tuzildi.

Avvalroq, Sardoba suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlar to‘liq tozalangani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Sirdaryoda evakuatsiya qilingan fuqarolarning 21,5 mingdan ortig‘i hamon uyiga qaytmagani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing