Sardoba suv omboridagi favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Kechasi yoqqan kuchli yomg‘ir va shamol Sardoba suv omboridan suv chiqishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda “O‘zbekiston 24“ telekanalidagi yangiliklar dasturida ma’lum qilindi.

Dastur lavhasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryodagi faollar bilan muloqoti jarayoni ko‘rsatildi. Prezident aholini vahima qilmaslikka chaqirgan. Shuningdek, rahbarlar tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omborida bugun, 1 may kuni soat 05:55 da favqulodda holat yuzaga keldi. Keyinroq, aholini evakuatsiyasi bo‘yicha FVV ma’lumot berdi. Mirzaobod aholisi Yangiyer shahriga ko‘chirilgani haqida ham xabar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

1303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing