O‘zbekistonga “Sardoba” suv ombori kerakmidi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, “Sardoba” suv ombori yorilishi oqibatida jabrlanganlar bilan muloqot qildi. 

Aslida Sirdaryoga suv ombori kerakmidi? Prezident ushbu savolga to‘xtaldi. 

“Suv ombori kerakmidi degan savollar ko‘p. Nima uchun Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hech qachon rivojlanmagan? Suv bo‘lmagani uchun. Dehqonlar biladi, paxtaga 5-6 marta suv berish kerak edi. Nimaga boshqa joylarda 40-70 sentner bo‘ladi, bu yerda 15 sentner. Ikki marta ham suv berolmasdik-ku axir. 

Ikkinchidan, biror marta takroriy ekin eka olarmidik? Suv yo‘q edi-ku. Shuning uchun 2010 yilda eng to‘g‘ri xulosa bo‘lgan. Lekin talafot hech kimni ayamaydi”, deydi davlat rahbari. 

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatildi.

“Sardoba” suv ombori fojiasi texnogen omillarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Yevropa va Osiyo mamlakatlari, xususan Fransiya, Turkiya va Rossiyadan eng professional mutaxassislar kelishi kutilmoqda. Bu haqda davlat rahbari shunday deydi: 

“Mana hozir Fransiyadan, Yevropadan, Osiyodan, Turkiya va Rossiyadan eng zo‘r ekspertlar keladi. Shu talafotning oldini olish mumkinmidi yo yo‘q, sababi nima edi, o‘z xolisona baholarini beradilar. Kelajakda bu suv omboridan qanday foydalanamiz, bu balo yana takrorlanmasligi uchun sizlar bilan bamaslahat uni tiklaymiz.  

Sirdaryo bilan Jizzax viloyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan chorvaga ham, insonga ham, paxta va g‘alla, parranda va baliiq – hammaga suv kerak. Bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Lekin shunday talafot bo‘ldi. Kelajakda har bir qilgan ishimizga yana pishiqroq, puxtaroq, mukammal qilishimiz kerak”.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori Sardoba fojiasi

Baholaganlar

854

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing