Saralashdagi barcha o‘yinlarni yo‘qotishlarsiz o‘tkazishning iloji yo‘q – Katanets
Sport
−
18 noyabr
3791O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ertaga, 19 noyabr kuni Jahon chempionati saralashi doirasida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob berdi.
“Qatar bilan o‘yindan keyin KXDRga qarshi bahsda tayyorlanish uchun bizda yetarlicha vaqt bo‘ldi, faqat bizda maydon bilan bog‘liq muammo kuzatildi, chunki tayyorgarlik uchun ajratilgan maydon holati yaxshi emas ekan. Shunga qaramasdan aytishim mumkinki, ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi va biz ijobiy natija uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz”, deydi murabbiy.
Shuningdek, Katanets yo‘qotishlarning bo‘lajak o‘yinga ta’siri haqida ham so‘z ochdi.
“Saralashdagi barcha o‘yinlarni yo‘qotishlarsiz o‘tkazishning iloji yo‘q. Shu sababdan ham ertaga maydonga tushadigan futbolchilar o‘zini ko‘rsatishi kerak”, deydi Katanets.
Ma’lumot uchun, KXDR-O‘zbekiston o‘yini Laos poytaxti Ventyan shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bo‘lajak o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi ko‘k libosda harakatlanishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi