Sapar Isoqov 15 yilga qamaldi
Olam
−
06 dekabr 2019
20708Bugun, 6 dekabr kuni Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Sapar Isoqov Bishkekning Sverdlov tuman sudi qarori bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
“Isoqov jinoyat sodir etgan deb topilib, barcha davlat mukofotlaridan mahrum qilindi”, degan devonxona xodimi.
Sobiq Bosh vazirning advokatlari sud qarorini noqonuniy va mijoziga nisbatan olib borilgan jinoiy ishni uydirma ekanini iddao qilyapti.
Isoqov 2017 yilning avgust-dekabr oylarida Qirg‘iziston hukumatiga rahbarlik qilgan. Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘qorg‘i Kenesh Isoqovni lavozimdan chetlatib, “sobiq Bosh vazir” unvonini ham bekor qilgandi. Tergovga ko‘ra, Isoqov Bishkek issiqlik elektrstansiyasini modernizatsiya qilishda korrupsion sxema tuzgan.
Ushbu jinoiy ish bo‘yicha jami 15 kishi javobgarlikka tortilgan. Ularning orasida sobiq amaldorlar ham bor.
LiveBarchasi