Sanjar Tursunov va Bobousmon Baturov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Iordaniyada boks bo‘yicha litsenzion turnir davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar bokschisi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik bokschilar Sanjar Tursunov va Bobousmon Baturovlar chorak final jangini o‘tkazishdi. Ushbu bosqichda Sanjar Tursunov -91 kilogramm vazn toifasida eronlik Tufan Sharifiga qarshi jang qilgan bo‘lsa, Bobousmon Baturov -69 kilogrammg vazn toifasida Xitoylik Kiong Yersunga qarshi ringa chiqdi. Ushbu jangda har ikkala o‘zbekistonlik bokschilar  raqiblarini mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra -91 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 4 ta kvota o‘ynalayotgan bo‘lsa, -69 kilogramm vazn toifasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga 5 ta kvota o‘ynalmoqda.

Demak, yarim final yo‘llanmasi Sanjar Tursunov va Bobousmon Baturovga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 16 taga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sanjar Tursunov Boks Olimpiada Bobousmon Baturov

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing