Sanjar Tursunov ham final yo‘llanmasidan quruq qoldi

Sport

image

Iordaniyada davom etayotgan Tokio-2020 litsenzion turnirida -91 kilogramm vazn toifasining yarim final janglariga navbat yetib keldi. Ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov ringga ko‘tarildi.

Shahobiddin Zoirov va Bobousmon Baturovning mag‘lubiyatidan so‘ng, Sanjar Tursunov ham mag‘lubiyatga uchradi. Yangi zelandiyalik David Nikaga qarshi bahs olib borgan surxondaryolik bokschi Sanjar Tursunov jangda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

O‘zbekistonlik bokschi musobaqa finalidan quruq qolgan bo‘lsa ham, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan. Bu O‘zbekiston terma jamoasining mazkur musobaqadagi uchinchi bronza medali bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Elnur Abduraimov ushbu musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yagona o‘zbekistonlik bokschi bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sanjar Tursunov Boks Olimpiada

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing