Sanksiyalar navbati Putin va Lavrovga. Ikkovlonning Yevropadagi hisoblari muzlatilyapti

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Yevropadagi hisoblarini muzlatib qo‘yadi. Bu haqda Avstriya Tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg ma’lum qildi. 

Shu bilan birga, aktivlarning muzlatilishi Putin va Lavrovning Yevropaga tashrif buyurish imkoniyatiga ta’sir qilmaydi. Agentlik manbalarining ta’kidlashicha, bu YeIning mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish yo‘lini izlayotgani bilan bog‘liq. 

Avvalroq “Bloomberg” agentligi ikki yuqori martabali mulozimga tayanib, Yevroittifoq diplomatlari Rossiya Prezidenti va Tashqi ishlar vaziriga qarshi sanksiyalar qo‘llash va ularning tashqi hisoblarini muzlatish rejasini ma’qullagani haqida xabar bergan edi.

Bunday sanksiyalarni qo‘llash niyati haqidagi ma’lumot “Forbes” va “France Press” suhbatdoshlari tomonidan ham tasdiqlangan. Yevropa Ittifoqi bugun hisoblarni muzlatishga qaror qilishi mumkin, deb xabar berdi “Financial Times” vaziyatdan xabardor to‘rt kishiga tayanib. 

Yevropa Ittifoqi diplomatiya rahbari Jozep Borrel, Putin va Lavrovga qarshi sanksiyalar tarafdori ekanligini va Yevropa Ittifoqi kengashining bu qarorni ma’qullashini kutayotganini aytdi.

Shuningdek, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok Bryusseldagi yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqchi ekanini aytgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

357

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing