“Santa-Barbara” filmi aktyori vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
15 yanvar 2021 6489 1 daqiqa
Amerikalik aktyor Piter Mark Richman kecha, 14 yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda "Associated Press"ga asoslanib xabar berilgan.
Manbaga ko‘ra, 93 yoshli aktyor Los-Anjelesda, o‘z uyida olamdan o‘tgan.
Publitsist Xarlan Bollning ta’kidlashicha, Richman tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Piter Mark Richman "Qora orxideya", "Beverli-Hillz 90210", "Santa-Barbara" filmlaridagi rollari bilan mashhur bo‘lgan.
Aktyor "Santa-Barbara" filmida SiSi Kepvell obrazini gavdalantirgan.
Avvalroq, "Yeralash" bolalar kinojurnalining badiiy rahbari Boris Grachevskiy koronavirus tufayli vafot etgani haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi