Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 21 sentyabr kuni imzolangan PQ-4838-son hujjatga ko‘ra, Baxtiyor Xolmatov Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Baxtiyor Xolmatov 1985 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – muhandis. Toshkent davlat texnika universitetini konchilik ishi (ochiq konchilik ishlari) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Xolmatov 2010 yildan shu kunga qadar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Baxtiyor Xolmatov

Baholaganlar

62

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing