Sanksiyalarning maqsadi Rossiya moliyasini inqirozga olib kelishdir – Nabiullina
Olam
−
15 noyabr 2022
4699G‘arb sanksiyalarining maqsadi Rossiya moliya tizimini boshqarib bo‘lmaydigan inqirozga olib kelishdir. Bunday iqtisodiy tavakkalchilikka tayyorlanish oson emas, lekin tizimning zarbalarga chidamliligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar yordam berdi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina ma’lum qildi.
“Sanksiyalarning maqsadi moliyaviy tizimimizni boshqarib bo‘lmaydigan inqirozga olib kelish edi. Sanksiyalar kabi iqtisodiy bo‘lmagan xavfga tayyorlanish oson emas. Ular aytganidek, matematik modellarda hisobga olinmaydi. Ammo biz tizimning umuman zarbalarga chidamliligini doimiy ravishda oshirdik va bu yordam berdi”, degan Nabiullina.
Nabiullina joriy yilning qishi va bahorida Rossiya moliya tizimi juda kuchli sanksiyalar bosimiga duchor bo‘lganini, ammo muammosiz ishlashni, fuqarolarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘lganini eslagan.
Ma’lumot uchun, Elvira Nabiullina 2013 yilning 24 iyunidan beri Rossiya Markaziy bankiga raislik qilib keladi. U 2022 yilning 18 martida lavozimiga uchinchi bor qayta saylandi.
LiveBarchasi