XJCdan Nabiullinani hibsga olish uchun order so‘raldi
Olam
−
17 iyul 12368 2 daqiqa
Gaagadagi Xalqaro jinoiy suddan Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov va Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinani hibsga olish uchun order berish so‘ralgan. Murojaat Amerikaning LexCollective nodavlat tashkiloti tomonidan topshirilgan bo‘lib, uni tayyorlashda B4Ukraine jamoat tashkilotlari koalitsiyasi va Ukraina yuridik maslahat guruhi ishtirok etdi. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni “Financial Times” xabar berdi.
Murojaat mualliflari XJSni Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarini nazorat qilish uchun bank tizimidan qanday foydalanayotganini tekshirishga chaqiradi. Bayonotda Rossiyaning uchta banki – Promsvyazbank, MRB va SMR rahbarlari ayblanadi va Xerson viloyatining Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan bosib olingan qismi keysi tekshiriladi.
Qayd etilishicha, bosqinchi “hokimiyat” Ukraina grivnasidan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan, mahalliy aholi uni rublga sun’iy past stavkada almashtirishga majbur bo‘lgan, bu esa Rossiya banklarini boyitgan.
“Har qanday moliyaviy xizmatlardan foydalanish maqsadida bank hisobini ochish uchun mahalliy aholi “Rossiyaga sodiqlikka qasamyod qilgan holda” Rossiya fuqaroligini olishlari kerak”, deyiladi bayonotda.
Hujjat mualliflari, shuningdek, XJSni Nabiullina va Siluanovga nisbatan “yuqorida qayd etilgan ayblovlar bo‘yicha, shuningdek, bosqin va bosib olishni moliyalashtirish va ko‘maklashishdagi faoliyati munosabati bilan” chora ko‘rishga chaqirgan.
Murojaatda markaziy bank rossiyalik harbiy xizmatchilarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun Ukrainaning bosib olingan hududlarida dala ofislarini ochgani aytilgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yil mart oyida Xalqaro jinoyat sudi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan. Sud ularni ukrainalik bolalarning noqonuniy deportatsiyasiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.
Biroq 2024 yil sentyabrida Mo‘g‘uliston Putinni mamlakatga tashrifi chog‘ida hibsga olishdan bosh tortgan holda XJSning ta’sis hujjati bo‘lmish Rim statutini buzdi. O‘shandan beri Mo‘g‘uliston hech qanday muhim sanksiyalarga duch kelmadi, garchi XJS Ulan-Batordan tushuntirish talab qilgan bo‘lsa ham.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr