Sanksiyalardan qo‘rqqan Rossiya daromadalarini maxfiylashtira boshladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi yangi sanksiyalar xavfini kamaytirish uchun byudjet hisoboti bo‘yicha ma’lumotlarni nashr qilishni qisman chekladi. Bu haqda vazirlik xabariga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa do‘stona bo‘lmagan davlatlar tomonidan Rossiya Federatsiyasi va jismoniy shaxslarga bosim o‘tkazilayotgani munosabati bilan ma’lumotlarning tarqalishini, shu jumladan byudjet hisobotini shakllantirishni qisman cheklash zarurati tug‘ilgan. Bu qo‘shimcha sanksiyalar xavfini minimallashtirishga yordam beradi.

RIA Novostining ta’kidlashicha, 14 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi byudjet daromadlari, xarajatlari va byudjet profitsiti hajmi bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni e’lon qildi. Idoraning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilning besh oyi uchun u 1,495 trillion rublni tashkil etdi. 

Vazirlik byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari, byudjet va davlat dasturlari bo‘limlari bo‘yicha xarajatlar ijrosi, shuningdek, o‘tgan oylardagi byudjet ijrosi to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilmagan.

Moliya vazirligining aprel oyidagi oldingi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, xususan, Rossiya byudjetining neft va gaz daromadlari yillik hisobda 18 foizga, milliy mudofaa bo‘limidagi xarajatlar esa 2021 yil aprelga nisbatan 130 foizga oshgani aniqlangandi.

May oyi boshida Moliya vazirligi sanksiyalar ostida bo‘lgan yoki cheklovga uchrashi mumkin bo‘lgan yuridik shaxslarning ma’lumotlariga kirishni cheklashni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing