Sanksiyalar emas. Neft narxi oshishiga sabab bo‘ladigan omil aytildi

Olam

image

Xitoyning neftga bo‘lgan talabi ortib borayotgani sabab, ushbu yonilg‘ining butun dunyo bo‘ylab narxi oshishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xitoy dunyodagi eng yirik neft iste’molchilaridan biri hisoblanadi. So‘nggi paytlarda mamlakatning neft va neft mahsulotlariga bo‘lgan talabi asta-sekin ortib bormoqda.

Xitoyning CNPC neft va gaz kompaniyasi 2022 yilning uchinchi choragida mamlakat neft iste’molini 12 foizga oshirishi mumkinligini aytgan. Shu sababli OPEK+ davlatlari yoqilg‘i ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqchi.

Bundan tashqari, Xitoy asta-sekin koronavirus cheklovlarini yengillashtirmoqda. Bu ishbilarmonlik faolligini oshirishga olib kelishi mumkin. Natijada talab kuniga 1,6 million barrelga oshadi.

12 iyun kuni Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi “Saudi Aramco” 2022 yil iyul oyida Xitoyga xom neft yetkazib berishni qisqartirishga qaror qildi. Bu Xitoy neft kompaniyalari tomonidan Rossiya yoqilg‘isi importi ortib borayotgan bir sharoitda sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made