Sanksiyalar bilan bo‘g‘ilgan Rossiya neftiga xaridor topdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning may oyida Rossiya Xitoyga rekord darajada – qariyb 8,5 million tonna xom neft eksport qildi. Natijada ushbu yonilg‘ini Xitoyga eksport qiluvchilar orasida Saudiya Arabistonini siqib chiqarib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Reuters” Xitoy bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning Xitoyga neft eksporti may oyida 8,42 million tonnani tashkil etgan. Xususan, Pekinga Moskvadan sutkasiga taxminan 1,98 million barrel neft yetkazib berilgan, aprel oyidagi sutkasiga 1,59 mln barreldan sezilarli ko‘p.

Nashrga ko‘ra, Rossiya Xitoyga neft eksport qiluvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallab, bir yarim yil davomida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Saudiya Arabistonini ikkinchi o‘ringa siqib chiqargan.

“Bu ma’lumotlar Rossiya G‘arb sanksiyalariga qaramay, narxlarni pasaytirishga majbur bo‘lgani va o‘z neftiga xaridor topa olganidan dalolat beradi”, deb yozadi "Reuters".

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining Xitoyga neft eksporti yiliga 8,7 foizga o‘sgan. Ar-Riyod butun oy davomida 7,82 million tonna neftni Pekinga yetkazib bergan. May oyida Braziliya Xitoyga 2,2 million tonna yuk jo‘natgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kam.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadan Hindistonga neft yetkazib berish 31 barobarga oshgan. Manbalarga ko‘ra, Moskva Dehliga 30 foizlik chegirma taklif qilgan. Rossiya to‘lovlarni Hindiston rupiyasi va BAA dirhamlarida qabul qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

1189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing