Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi
Jamiyat
−
29 noyabr 2023
9612Bugun, 28 noyabr kuni “Qanot Sharq” mahalliy aviakompaniyasining Sankt-Peterburg – Samarqand yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyoti Qozog‘istonning Aqto‘be xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgdan Samarqandga yo‘lga chiqqan HH786 reysi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Toshkent vaqti bilan soat 14:48 da Aqto‘be xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Ekipaj bort oldiga tez yordam mashinasini so‘ragan.
Samolyot yaqin vaqt ichida Samarqand aeroportiga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Shanxaydan Frankfurtga uchgan samolyot bortdagi janjal sabab Toshkent xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ngandi. Toshkent – Madina yo‘nalishida uchayotgan samolyot esa texnik sabablarga ko‘ra iziga qaytgandi.
LiveBarchasi