Sankt-Peterburgdan bir hafta ichida 400 dan ortiq migrant deportatsiya qilindi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi tuman sudlari migratsiya qonunchiligini buzgani uchun 400 dan ortiq muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda shahar sudlari matbuot xizmati rahbari Darya Lebedeva ma’lum qildi.

25 martdan 29 martgacha bo‘lgan haftada tuman sudlariga Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi (chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalarini yoki Rossiya Federatsiyasida bo‘lish rejimini buzish) dagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 584 ga yaqin materiallar kelib tushgan.

“584 ta ishning 515 tasi sud tomonidan ko‘rib chiqildi. Sud qarorlari: 418 nafar qoidabuzarga respublika hududidan majburiy chiqarib yuborish va jarima tayinlagan. Yana 48 kishi jarima to‘lab, o‘zlari Rossiya Federatsiyasini tark etishi kerak”, deydi Lebedeva.

Tojikiston Mehnat vaziri o‘rinbosari Shahnoza Nodiriy kecha, 30 mart kuni TASS agentligiga bergan intervyusida “Krokus Siti Holl”dagi teraktdan so‘ng Rossiyadan mehnat muhojirlarining ketishi boshlanganini aytdi. 2023 yil dekabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 10 millionga yaqin mehnat muhojiri borligini ma’lum qilgan.

Teraktdan so‘ng ayrim siyosatchilar muhojirlarga qarshi qonunchilikni kuchaytirish tashabbuslarini ko‘tara boshladi. Davlat Dumasining “Yangi odamlar” partiyasidan chiqqan vitse-spikeri Vladislav Davankov o‘zining Telegram-kanalida migrantlarni “kichik qonunbuzarlik” uchun deportatsiya qilishni, shuningdek, ular ustidan raqamli nazoratni joriy qilishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing