Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik butun Rossiyani portlatish bilan tahdid qildi
Olam
−
11 fevral 2021
16665Koronavirusga chalingani sababli Rossiyaning Leningrad viloyatida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatni portlatib yuborish bilan tahdid qildi.
41 yoshli ishsiz o‘zbekistonlik favqulodda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilib, “butun Rossiyani portlatish” bilan tahdid qildi. Erkak operatorga koronavirusga chalingani va Vataniga qaytolmayotganini aytgan.
Politsiya erkak Leningrad viloyati Vsevoloj tumani Novosaratovka qishlog‘ida ro‘yxatdan o‘tganini aniqlagan. Xodimlar ko‘rsatilgan manzilga borganda, u yerda hech kim bo‘lmagan.
Bir necha soat o‘tib, o‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda ushlangan. Erkakka mayda bezorilik moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
LiveBarchasi