Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab ketildi
3-sahifa
−
08 aprel 2021
17978Sankt-Peterburgning Petrograd tumanida 22 yashar O‘zbekiston fuqarosi pichoqlangan holatda topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning OAVga ma’lum qilishicha, joriy yilning 6 aprel kuni soat 16:30 atrofida Xare orolida joylashgan "Koryushka" restorani yaqinidan bir kishi pichoqlangan holatda topilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar qorin bo‘shlig‘i pichoq bilan yaralangan shaxs 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanini aniqlagan.
Yigit rus tilini yaxshi bilmasligi sababli hech narsani tushuntirolmagan. U og‘ir ahvolda Yelizavet shifoxonasiga yotqizilgan.
Biroz vaqt o‘tgach, Chkalovskiy prospektida 21 yashar o‘zbekistonlik ushbu og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib hibsga olingan.
Ayni paytda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
LiveBarchasi