Sankt-Peterburgda Putinni o‘ldirishga chorlagan shaxs ushlandi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida kelib chiqishi qirg‘izistonlik bo‘lgan 22 yoshli yigit binolar devorlariga Rossiya Prezidentiga suiqasd qilishga chorlovchi tasvirlarni chizgani uchun hibsga olindi. Peterburgning Oktyabr tuman sudi tegishli qarorni qabul qildi.

Ma’lum qilinishicha, Muhammadaziz Eshmatov ismli ushbu shaxs “vandallik” va “terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga ommaviy chaqirish” moddalari bilan ayblanyapti.

Tergovning aniqlashicha, noma’lum shaxs internet orqali boshqa bir qirg‘izistonlik I.F.Parpiyev ismli shaxs bilan til biriktirib, unga RF Prezidenti Vladimir Putin tasviri ko‘rinishidagi va “Ko‘rsang – o‘ldir” (Uvidish - ubey) yozuvli trafaretni tayyorlash, Peterburgdagi bir necha binolar fasadiga yuqoridagi tasvirlarni tushirish uchun 5 ming rubl taklif qilgan.

Parpiyev taklifga rozi bo‘lgan va bunga Eshmatovni jalb qilgan. Ular Putinga suiqasd qilishga chorlovchi tasvirlarni 6 ta bino devoriga tushirishgan. 

Ammo Eshmatov bu jinoyatga aloqadorligini tan olmayapti. Sud qaroriga ko‘ra, u 27 martgacha hibsda saqlanadi.

Ayni vaqtda Parpiyevga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

479

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing