Sankt-Peterburg markazida politsiya 2 ming migrantni hibsga oldi
Olam
−
03 yanvar 2023
15536Yangi yil arafasida Sankt-Peterburg markazida qo‘shni davlatlardan kelgan 2 mingga yaqin muhojir qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Qonun-tartibotni ta’minlash jarayonida 2 mingga yaqin qo‘shni davlat fuqarolari ichki ishlar organlariga profilaktika maqsadida olib kelindi. Tekshirish natijasida ko‘plab migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi", deyiladi xabarda.
Migrantlarning hibsga olinishi shahar markazida aholi va shahar mehmonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilgan profilaktik chora-tadbirlarning faqat bir qismi bo‘ldi. Shunday qilib, Sankt-Peterburgning asosiy archasi oldida bayramni nishonlamoqchi bo‘lgan odamlarning ko‘pligi sababli, politsiya yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun Saroy maydoniga bepul kirishni chekladi. Xuddi shu joyda, Saroy maydonida politsiya otryadlari ko‘p odamlar to‘plangan sharoitda fojiaga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘ndan ortiq pirotexnika vositalaridan foydalanishga urinishlarning oldini oldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining shahar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shaharda Yangi yil bayrami nisbatan tinch o‘tdi. Kun davomida shaharda 38 ta yong‘in sodir bo‘ldi, bir kishi halok bo‘ldi – 31 dekabr kuni ertalab Leninskiy prospektidagi kvartirada yong‘in sodir bo‘ldi. Pirotexnika vositalarini qo‘llash natijasida 8 kishi jabrlangan, Kuznetsova prospektidagi xonadonlardan birining balkoni pirotexnikadan chiqqan olov sabab yonib ketgan, Pushkindagi uylardan birining tomidagi qurilish materiallari yonib ketgan. Ikkala yong‘in ham darhol o‘chirilgan.
LiveBarchasi