Sanginov 4 ta neft bazasi rahbarini ishdan oldi

Jamiyat

image

2025 yilning 17 dekabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlangan Abdug‘ani Sanginov neft bazalar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda 4 ta neft bazasi rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi Mo‘min Ibodov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi

Qayd etilishicha, uchrashuvda neft bazalar faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy-intizomiy holatni yaxshilash, soliq yukini optimallashtirish, ishchi-xizmatchilar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish hamda o‘rtacha ish haqini oshirish masalalari muhokama qilingan. 

“Olib borilgan o‘rganish natijasiga ko‘ra, yil davomida yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun Termiz, Jizzax, Maroqand hamda Kuchlik neft bazalari rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 18 dekabr kunida “O‘zbekneftgaz” AJ AQSH Prezidenti Donald Trampga yaqin ekani aytiladigan Ballard Partners kompaniyasi bilan umumiy qiymati 5 mln AQSH dollari bo‘lgan shartnoma imzolangan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

neft' bazasi Sanginov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing