Sancho sobiq klubiga qaytishga yaqin turibdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Jeydon Sancho 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Dortmundning “Borussiya” klubiga o‘tadi.  Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 5 yanvar kuni angliyalik futbolchi “arilar” futbolchisiga aylanishi mumkin. Ayni paytda tomonlar kelishuvning so‘nggi shartlarini hal qilishi kerak, shundan so‘ng futbolchi “Borussiya”ga o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Jeydon avgust oyi oxirida jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan janjallashgach, “qizil iblislar” ro‘yxatiga kiritilmadi. Faoliyatining avvalida 22 yoshli angliyalik futbolchi Dortmundning “Borussiya”sida o‘ynagan, u yerdan 2021 yilda “Manchester Yunayted”ga o‘tgan.

Joriy mavsumda futbolchi Angliya chempionatida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Borussiya Jeydon Sancho

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing