San’atkorlarning uy olishiga yordam beriladi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uzoq yillardan buyon san’at sohasida samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga uy uchun subsidiya ajratmoqchi. Bu haqdagi "Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va san’at xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joyning 50 foizi to‘lab beriladi. Ammo ushbu to‘lov miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 192,5 mln so‘mdan, Toshkent shahri uchun esa 245 mln so‘mdan yuqori bo‘lmasligi zarur. 

Shuningdek, subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi tavsiyanoma olgan shaxslar uy uchun dastlabki  to‘lovning kamida 5 foizini o‘z hisobidan to‘lashi kerak. 

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga topshirilgan. Qonun loyihasining muhokamasi 22 noyabr kuni yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madaniyat vazirligi uchun kelgusi yilda davlat byudjetidan 1 trln 100 mlrd 445 mln 300 ming so‘m pul mablag‘i ajratilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

San'atkorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing