Samsung’ning marhum raisi oilasi qancha meros solig‘i to‘lashi ochiqlandi
Olam
−
28 aprel 2021
3086Samsung kompaniyasining vafot etgan rahbari Li Gon Xining merosxo‘rlari 12 trillion vondan (10,7 milliard dollar) ko‘proq meros solig‘i to‘laydi, bu Janubiy Koreya tarixidagi eng katta to‘lovdir. Bu haqda Li oilasi vakillari ma’lum qilgan.
Hali ham meros qilib olingan aksiyalar qanday bo‘linishi ma’lum emas, bu Janubiy Koreyaning eng yirik konglomeratiga egalik shaklini o‘zgartirish uchun muhim moment hisoblanadi.
Shuningdek, merosxo‘rlar 1 trillion von (900 million dollar) va qariyb 2 trillion von (1,8 milliard dollar) ga teng bo‘lgan 23 mingga yaqin san’at asarlarini virusli infeksiyalarga qarshi kurash va kamyob bolalar kasalliklarini o‘rganish uchun berishini ma’lum qilgan.
Li Gon Xining bevasi Xon Xa Ri, o‘g‘li Li Chje Yon hamda ikki qizi Li Bu Chjin va Li So Xyon uning merosxo‘rlari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasining eng boy odami Li Gon Xi o‘tgan yilning oktyabrida vafot etgan. Undan qiymati 25 trillion vondan (22,5 milliard dollar) oshadigan mol-mulk va ko‘chmas mulk qolgan.
LiveBarchasi