“Samosud”: Parkentda soyda cho‘milgan ayol do‘pposlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qizilsoyda cho‘milgan ayol samosud qilindi” sarlavhasi bilan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB Matbuot kotibi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, mazkur holat viloyatning Parkent tumani IIB Navbatchilik qismida joriy yilning 20 iyul kuni ro‘yxatga olingan.

Parkent tumani, Nevich mahallasida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. (ayol) mahalla hududidan oqib o‘tuvchi “Qizilsoy” soyida cho‘milayotgan 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro D.G. (ayol)ni yoniga borib, bu suvdan iste’mol qilishlarini aytgan va u bilan janjallashib, D.G.ning egnida bo‘lgan kiyimlarini zo‘rlik bilan yechib tashlagan. Uni urib-tepib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi va 140-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

samosud Parkent

Baholaganlar

2773

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing