Samolyotda bomba o‘rnatilgani haqidagi xabar sabab Moskvadan Toshkentga uchadigan reys kechiktirildi

Olam

image

Moskva viloyatidagi “Vnukovo” aeroportida samolyot bagajidagi bomba haqida anonim qo‘ng‘iroq tufayli AZUR air aviakompaniyasining ikkita – Meksikadagi kurort shahar Kankun va O‘zbekiston poytaxti Toshkentga uchuvchi reyslari kechiktirildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar berdi.

Bugun, 30 aprel kuni kechasi noma’lum shaxs aeroportga qo‘ng‘iroq qilgan va yuqorida aytilgan ikki reysda uchadigan samolyot bagajida portlovchi qurilma yashirilgani haqida xabar bergan. 

“Vnukovo” xodimlari zudlik bilan politsiya xodimlari, portlatish bo‘yicha texniklar va maxsus o‘rgatilgan itlarga ega kinologlarni chaqirtirgan. Shundan so‘ng, barcha yuklar qayta tekshirilgan, mutaxassislar portlovchi moddalarni qidirgan.

Ta’kidlash kerakki, aeroportlarda bunday anonim qo‘ng‘iroqlar tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda reyslar kechiktirilib, yuklar qaytadan tekshiriladi. Ko‘p hollarda portlovchi modda haqidagi anonim xabar yolg‘on bo‘lib chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva aeroport bomba

Baholaganlar

85

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing