Samolyot havoda paraplanchi bilan to‘qnashib ketdi (video)

Olam

image

Avstriya shimolidagi Shmittenxyoe tog‘lari yaqinida paraplanchi va kichik samolyot havoda to‘qnashib ketdi. Bu haqda “New Zealand Herald” nashri xabar qildi

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 may kuni sodir bo‘lgan hodisa paraplanchining kamerasida videoga yozib olingan. Kadrlarda samolyot parragi paraplan qanotiga urilgani, uni ikkiga bo‘lib yuborgani va sportchining nazoratni yo‘qotib, yer tomon aylana bo‘lib tusha boshlagani aks etgan.

Paraplanchi o‘zini Sabrina deb tanishtirgan. Ayol havoda boshqaruvni tez yo‘qotgan va qichqirgan. Shunga qaramay, u vaziyatni nazorat qilishga muvaffaq bo‘lib, yerga urilishdan oldin zaxira parashyutini ochgan. Natijada u xavfsiz qo‘nishga erishgan.

Avstriya politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot parragi paraplanga jiddiy zarar yetkazgan va tajribali sportchi zaxira parashyutini ishga tushirishga majbur bo‘lgan. Keyinroq qutqaruv xizmati xodimlari uni tibbiy ko‘rik uchun vertolyotda olib ketgan. Hodisadan keyin Alp tog‘laridagi mashhur paraplan hududlarida havo xavfsizligi masalasi yana muhokama markaziga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Aydaxo shtatidagi Mauntin-Xoum aviabazasi hududida o‘tkazilgan Gunfighter Skies aviashousi vaqtida osmonda ikki qiruvchi samolyot to‘qnashib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samolyot Avstriya paraplanchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing