Sambo bo‘yicha JCHda O‘zbekiston nechta medal qo‘lga kirita oladi? So‘z Alisher Alimovga

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 12-14 noyabr kunlari Toshkent shahrida sambo bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Unda Roman Shakirov murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi. FIAS’ning Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinganidan keyingi ilk dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik sportchilar nechta medal qo‘lga kirita oladi? Bu haqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov JCH oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Har bir assotsiatsiya, federatsiya, sportchi va murabbiyning oliy maqsadi bo‘ladi. Shu qatorda O‘zbekiston sambo terma jamoasi ham ushbu Jahon chempionatiga jiddiy hozirlik ko‘rdi. Buning uchun o‘quv mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazildi. Biz maksimal darajada yuqori pog‘onalarni qo‘lga kiritmoqchimiz. Sambo bo‘yicha O‘zbekiston kattalar terma jamoasi jahon reytingida uchinchi o‘rinni, yoshlarimiz esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Yaqin kelajakda natijalarni yanada yaxshilamoqchimiz. Tahmin qilishni yoqtirmayman, barchasi yakunda hal bo‘ladi. Davlatimiz turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berildi. Maqsadimiz maksimal darajada ko‘proq medal qo‘lga kiritishdan iborat”, deydi Alimov.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov O‘zbekiston koronavirus sharoitida sambo bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotganini e’tirof etgan edi. U shuningdek, samboni Olimpiada dasturiga kiritish yo‘lida olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Sambo FIAS Alisher Alimov

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing