Xorazmda tadbirkordan 20 000 dollar pora olayotgan mansabdor qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i M.R. 20 ming AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Istiqodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Tuproqqal’a tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i M.R. “D.” MCHJning ish yurituvchisi R.dan jamiyatga tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing